21 mar 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempionlik jangiga tayyorgarlik ko'rayotgan Povetkin sparring-raqibsiz qoldi
Superog'ir vazn toifasida sobiq WBA Regular chempioni Aleksandr Povetkin tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunladi.
Rossiyalik bokschi navbatdagi jangini vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun o'tkazishi kerak. Uning raqibi britaniyalik Dillian Uayt bo'ladi.
"Mir boksa" promouterlik kompaniyasining "Instagram" sahifasida xabar berilishicha, Povetkinning ikkinchi bosqich mashg'ulot yig'inida muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Gap shundaki, koronavirus pandemiyasi sabab rossiyalik bokschiga sparring-raqib topilmayapti. Havo yo'li yopilgani bois sparring mashg'ulot uchun tanlangan bokschilar kela olmayapti.
Havola :
Fikrlar