08 sen 22:26
Yangiliklar
Boks/MMA
CHempionlik kamari uchun kechgan markaziy jangda Muzaffar braziliyalik raqibini nokautga uchratdi FOTOGALEREYA
Buxoro shahrida o'tkazilgan qo'l jangi bo'yicha O'zbekiston va dunyo yulduzlari ishtirokidagi katta sport oqshomi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun kechdi va unda hamyurtimiz, Buxoro yo'lbarsi Muzaffar Rajabov hamda braziliyalik taniqli aralash qoidalar ustasi Maykl Falkao o'rtasida bo'lib o'tdi.
Jang muddatidan avval yakunlandi. Muxlislarning olqishi ostida jangni ko'tarinki kayfiyatda boshlagan Muzaffar olis Braziliyadan kelgan raqibini texnik nokautga uchratdi va chempionlik kamariga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar