21 noy 09:28
Yangiliklar
Futbol
CHempionship vakili 3 milliard evrolik 12 ta baland trubalik stadion quradi + FOTO
"Birmingem Siti" futbol klubi o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 62 000 o'rinli yangi stadion qurish rejasini elon qildi.
Klubning hozirgi "Sent Endryu" stadioni 29 409 tomoshabinga mo'ljallangan.
ESPN malumotlariga ko'ra, ushbu sport inshootining qurilish qiymati kamida 2,5 milliard funt sterlingni (2,8 milliard evro) tashkil qiladi. Stadion 2030/2031 yilgi mavsum boshlanishiga qadar qurib bitkazilishi kutilmoqda.
Qizig'i, stadionda baland 12 truba ham qad rostlaydi. "Birmingem" ayni vaqtda CHempionshipda 11-o'rinni egallab turibdi.


Havola :
Fikrlar