17 jan 13:21
Yangiliklar
CHexiyalik tennischi 18 ta eys evaziga Oklendda chempion bo'ldi
Musobaqa bosh sovrini Yakub Menshikka nasib etdi. CHexiyalik tennischi faoliyatidagi ikkinchi ATP sovriniga ega chiqdi. Dunyoning 18-raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 39-pog'onadan joy olgan argentinalik Sebastyan Baesni 6/3, 7/6(7) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Sakson to'rt daqiqa davom etgan bahsda Menshik 18, Baes 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha chempionlik ustunlik qildi - 2 ga 1.
Menshik tay-breykda uchtalik setbolni bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. U 250 reyting ochkosi va 106 460 dollar mukofot puliga ega chiqdi. Baes esa bir haftalik mehnatidan 165 ochko hamda 62 115 $ ishlab oldi.

Fikrlar