11 sen 14:25
Yangiliklar

CHimaev Diazga qarshi bekor qilingan jang haqida gapirdi
SHveciyalik jangchisi Xamzat CHimaev UFC 279 turnirida amerikalik Neyt Diazga qarshi jang bekor qilinganiga munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, CHimaev aslida Neyt Diazga qarshi jang qilishi lozim edi. Lekin Xamzat belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. SHu sababli, u amerikalik Kevin Xollandga qarshi oktagonga ko'tarildi. Neyt Diaz esa Toni Fergyusonga qarshi jang o'tkazdi.
"Men uni o'ldirgan bo'lardim. Xozir qamoqda bo'lar edim. Bundan xursand bo'lishim kerak", — dedi CHimaev UFC 279 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
UFC 279 turnirining asosiy kardida Xamzat CHimaev Kevin Xollandni 1-raundda og'ritish usuli evaziga mag'lub etdi. Bu orqali CHimaev g'alabali seriyasini 12 taga etkazdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar