So’nggi yangiliklar

16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:34Уиттакер Гусков билан жанг ҳақида: "Ур ва ўтказиб юборма!" 0 09:03Жейк Полнинг рақиби GLORY собиқ чемпиони бўлади 0 08:32RAF лигасида россиялик спортчиларнинг иштироки ҳақида расмий баёнот берилди 0 08:01Элит ОЧЛ. "Ал Қодисия" 5 та гол урди, "Ал Айн" меҳмонда Саудия жамоасини мағлуб этди ва бошқа натижалар + ВИДЕО 0

14 iyu 09:48
Yangiliklar

Boks/MMA

CHimaevning jamoasidagilar uning holati haqida batafsil malumot berishdi

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan chechenistonlik Xamzat CHimaev 22 iyun kuni Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan UFC turniridan "echilgan"di.

Hozirda BAA sharafini himoya qilayotgan aralash yakkakurash ustasi betobligi tufayli shifoxonaga tushib qolgan. CHimaevning menejeri Maxdi SHammas bo'lib o'tgan holatga batafsil o'z munosabatini bildirdi. 

"Afsuski, Xamzat CHimaev 22 iyun kuniga belgilangan jangida ishtirok eta olmaydi. U Ar-Riyod shahrida reytingning uchinchi pog'onasida borayotgan avstraliyalik Robert Uittakerga qarshi jang o'tkazib, muxlislarini xursand qilmoqchi edi. Ammo surunkali davom etgan kasallik Xamzatni bu imkoniyatdan mahrum qildi. U butun mashg'ulot lageri davomida shu kasallikdan aziyat chekdi. Bir necha bor kasalxonaga ham tushib qoldi. Davolanib chiqib, yana mashg'ulotlarni davom ettirdi. Lekin to'laqonli tashxis qo'yilib, muolajalarni oxirigacha olmadi. 

Xamzatning holati jamoasidan sir saqlanib kelindi, chunki hammasi yaxshi bo'lib ketishiga umid qilingandi. Lekin keyinchalik vaziyat biz o'ylagandan og'irroq bo'lgani uchun jamoasi bilan maslahatlashdik va ortiq bunday davom etmasligiga qaror qildik. Robert singari kuchli jangchiga qarshi bunday tayyorgarlik bilan oktagonga kirib bo'lmaydi.  

Bu Xamzat uchun ham, uning jamoasi va muxlislari uchun ham katastrofik burilish. CHunki, u Saudiya Arabistonidagi UFC turnirining markaziy jangida oktagonga chiqish imkoniyatidan foydalana olmadi. Biz hammamiz bu jangni sabrsizlik bilan kutayotgandik. 

Fursatdan foydalanib, UFC rahbarlari Dana Uayt, Mik Meynard, SHon SHelbi, Xanter Kempbell va shaxsan Turki Al-Ash-sheyx hamda muxislardan bo'lib o'tgan holat uchun uzr so'raymiz. Robert Uittaker hamda uning jamoasidan ham kechirim so'raymiz va ular professional tarzda bizni tushunadilar degan umiddamiz. Hamisha ham biz o'ylagan narsalar bo'lavermaydi. Yaratganning aytgani bo'ladi. Endi Xamzat muolajalarni oxirigacha olib, mashg'ulotlarga yanada kuchli bo'lib qaytadi", — dedi SHammas. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing