27 may 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA

CHisora Usikka qarshi jang muxlislar bilan o'tishini aytdi
Britaniyalik bokschi Derek CHisora (32-9, 23 KO) Aleksandr Usikka (17-0, 13 KO) qarshi jang bo'sh arenalarda o'tmasligi haqida gapirdi.
"Xabarim bor, Eddi Xirn hovlida boks shousini tashkil qilmoqchi. Lekin Usik bilan jangim muxlislarsiz bo'lmaydi. O'rtada katta pullar turibdi, shuning uchun chiptalar sotuvi ahamiyatga ega", - dedi CHisora.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang 23 may kuni tashkil etilishi lozim edi. Biroq, koronavirus sababli bahs nomalum muddatga qoldirilgan.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar