03 okt 16:00
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/89136_220.jpg)
CHisoraga raqib izlanmoqda, ro'yxatda Povetkin, Vallin kabi bokschilar bor
Britaniyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Derek CHisoraning 26 oktyabr kuniga belgilangan jangiga raqib izlashyapti.
Aslida shu kuni Derek CHisora Yangi Zelandiya vakili, sobiq jahon chempioni Jozef Parkerga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Ammo, Parkerni zaxarli o'rgimchak chaqib oldi, shifokorlar esa unga uch hafta mashg'ulot o'tkazishni taqiqlab qo'yishdi.
CHisoraning promouteri Eddi Xirnning aytishicha, ayni paytda Jozef Parkerning o'rniga raqib izlanmoqda. Nomzodlar orasida Aleksandr Povetkin, Maykl Xanter, Oskar Rivas, Otto Vallin, Manuel CHarr va Martin Bakole bor. Yakuniy qaror kelayotgan yakshanba kuni qabul qilinadi.
Malumot uchun, Derek CHisora o'zining so'nggi jangini shu yilning iyul oyida polshalik Artur SHpilkaga qarshi o'tkazgan va raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar