15 apr 08:14
Yangiliklar
Tennis
Cicipas to'rt yil ichida uchinchi bor Monte-Karlo "Masters" chempioni bo'ldi
Bir hafta davom etgan tennis bo'yicha Monte-Karlo "Masters" turniri o'z yakuniga etdi.
Turnir finalida greciyalik Stefanos Cicipas hamda norvegiyalik Kasper Ruud o'zaro to'qnash keldi. Bir soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda Cicipas 6:1, 6:4 hisoblarida g'alaba qozonib, turnir g'olibiga aylandi.
Cicipas bungacha 2021 va 2022 yillarda ham ushbu turnirda g'alaba qozongandi. Demak, so'nggi to'rt yil ichida u uchinchi marotaba musobaqa g'olibiga aylandi. Ushbu g'alaba orqali Cicipas 1000 reyting ochkosi hamda 919 075 evro pul mukofotiga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar