28 iyu 18:48
Yangiliklar

CSKA himoyachisi: "Turkiya chempionati Fayzullaev uchun JCH oldidan tramplin bo'ladi"
"Albatta, Abbosni hammamiz sog'inamiz. Lekin u qaytishga vada berdi (kuladi). O'ylaymanki, Turkiya chempionati Fayzullaev uchun Jahon chempionati oldidan tramplin bo'ladi. Unga muvaffaqiyat tilayman. Abbos – yaxshi futbolchi va inson. Jin ursin, u bilan o'ynash juda zo'r edi... Ayniqsa, 3-4-3 sxemasida, u vingerligida men chap qanotda o'ynardim", – dedi Krugovoy.
21 yoshli Abbos Fayzullaev 2023 yildan buyon CSKAda o'ynab kelayotgandi. U moskvaliklar tarkibida 72 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan va 22 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali o'zbekistonlik futbolchini 8 million evroga baholagan.
Avvalroq Fayzullaev "Istanbul Bashakshehir"ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan edi.
Fikrlar