18 may 15:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/12806_220.jpg)
"Cuba Domadores" - "Uzbek Tigers". Agar durang qayd etilsa nima bo'ladi?
SHanba kuni tongda bokschilarimiz Kubaning "Cuba Domadores" jamoasi vakillariga qarshi jang o'tkazadilar.
Xabaringiz bor, ilk jangda "Uzbek Tigers" bokschilari 3:2 hisobida g'alaba qozongan edilar. Oldinda turgan baxslarda vakillarimiz ushbu ustunlikni boy berib qo'ymasliklari lozim bo'ladi.
Mabodo, javob jangida ham mezbonlar foydasiga 3:2 hisobi qayd etiladigan bo'lsa, qo'shimcha jang tashkil qilinadi.
Ushbu qo'shimcha jangda superog'ir vaznli bokschimiz Mirzobek Hasanov jamoa sharafini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, Kubadagi bo'lib o'tadigan 5 ta asosiy jangda quyidagi sportchilarimiz ringga chiqadilar:
-52 kg: Jasurbek Latipov
-60 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: SHahram G'iyosov
-81 kg: Bektemir Meliqo'ziev
+91 kg: Bahodir Jalolov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Йигитларимизга!!!
Худо хохласа чиройли, галабали жангларини тухфа килишади,
Узбек углонлари.