19 may 14:12
Yangiliklar
![](/upload/storage/12889_220.jpg)
"Cuba Domadores" - "Uzbek Tigers". Vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA
Ushbu to'qnashuv oldidan ikkala jamoa bokschilari va murabbiylari o'rtasida vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi.
Etiboringizga ushbu marosimdan olingan suratlarni taqdim etamiz:
Jang oldidan ikkala tomon ham faqat va faqat g'alaba uchun jangga chiqishlarini aytib o'tdilar
"O'zbek yo'lbarslari"dan umidimiz katta
-52 kg vazn toifasida Jasurbek Latipov Yosbani Veytiaga qarshi jang qiladi
-60 kg vazn toifasidagi bokschimiz Elnur Abduraimov Alvares Estradani mag'lub etishi lozim bo'ladi
-69 kg. SHahram G'iyosov Rio Olimpiadasida London Olimpiadasi chempioni Roniel Iglesiasni mag'lubiyatga uchratgandi. U ertaga ham shu ishni takrorlashi kerak!
-81 kg. Bektemir ham Rio Olimpiadasi oltin medali sohibiga qarshi jang qiladi. Undan umidimiz katta!
+91 kg vazndagi Bahodir Jalolov esa Larduet Gomesga qarshi jangga chiqadi
+91 kg. Agar 5 ta jang yakunlariga ko'ra kubaliklar foydasiga 3:2 hisobi qayd etilsa Mirzobek Hasanov Yandri Toyrakka qarshi jang qilishi kerak. Lekin, umid qilamizki vakillarimiz ushbu jangga hojat qoldirishmaydi va to'qnashuvni o'z foydalariga hal qiladilar.
Marosim yakunlanganidan so'ng tomonlar esdalik uchun suratga tushdilar
Suratlar "Cuba Domadores" jamoasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan olindi
Fikrlar
Bahodir bilan Mirzabekni almashtirgan ma'qul bo'larmidi. Ertaga anig'ini bilib olamiz.
Трансляцияни таниқли спорт шарҳловчиси Даврон Файзиев шарҳлаб боради. Мана буни янгилик деса бўлади. Олға Ўзбек йўлбарслари. Биз сиз билан биргамиз.