15 avg 12:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Czyu navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi
Avstraliyaning Sidney shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida afsonaviy Konstantin Czyuning o'g'li Tim Czyu ringga ko'tarildi. Kichik Czyu 10 raundga mo'ljallangan jangda IBF reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan Duayt Richiga qarshi ringga chiqdi.
Richi shu jangga qadar birinchi o'rta vaznda mintaqaviy IBF chempionlik kamari sohibi bo'lib turgandi. Jang to'liq 10 raund davom etdi va g'olib nomi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi. Hakamlar bir ovozdan - 98-92, 98-93, 97-93 hisobida kichik Czyuning g'alabasini taminlashdi.
Havola :
Fikrlar