06 may 14:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Bob Arumga keskin javob qaytardi
UFC rahbari Dana Uayt Top Rank promouter kompaniyasi rahbari Bob Arumning fikrlariga javob qaytardi.
“Yaxshilab eshitib olinglar! Bob Arum — ahmoq. U men va tashkilotim haqida yigirma yildan beri gapiradi. U men kabi yirik turnirlar o'tkazishga qodir emas, sababi bankrot bo'lgan promouter hisoblanadi. Arum butun faoliyatini boks bilan o'tkazdi, aynan shu inson boks sanoatini yakson qilgan. Bu bilan uni chin dildan tabriklayman”,-dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Arum avvalroq hozirgi vaqtda turnirlar o'tkazish xato ekanligini va Uaytni bu qarorini ahmoqona deb atagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar