21 apr 16:26
Yangiliklar

Dana Uayt Kamaru Usmanning keyingi raqibini malum qildi
Faqat buning uchun Usman kelayotgan yakshanba tongida Xorxe Masvidalga qarshi kechadigan revansh jangida g'alaba qozonishi shart. SHunday bo'lgan taqdirda u keyingini jangini Kolbi Kovingtonga qarshi o'tkazadi. Bu haqida Yahoo Sports kanaliga bergan intervyusida UFC prezidenti Dana Uayt aytgan.
"Usman - Kovington jangini o'tkazmoqchi ekanimni ko'pchilik juda yaxshi biladi. Bu tarixdagi eng yaxshi janglardan biri bo'lishiga ishonchim komil. Agar Kamaru shu haftadagi jangida Masvidalni mag'lub etsa, u holda keyingi raqibi Kolbi bo'ladi", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman - Xorxe Masvidal o'rtasidagi revansh yakshanba tongida AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida o'tkaziladigan UFC 261 turnirining markaziy jangi bo'ladi.
Fikrlar