06 may 10:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: Makgregor - Masvidal jangini orolda o'tkazamiz
UFC prezidenti Dana Uayt tashkilotning iyun oyidagi janglarini ham Floridada o'tkazishni rejalashtiryapti.
Uaytning aytishicha, ana shu janglardan biri ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor hamda Xorxe Masvidal o'rtasida tashkil etiladi.
"Masvidalning Usmanga qarshida mano va mantiq bor. Agar Xorxe chempionlik jangini xohlasa, Kamaruga qarshi jang bo'lishi shart. Lekin boshqa qiziqarli variantlar ham bor. Masalan, biz orolda Masvidal - Makgregor jangini tashkil qilishimiz mumkin. Keling, shoshilmaymiz. Avval may oyidagi turnirlarimizni o'tkazib olaylik. Uning natijasiga qarab, keyingi rejalarimizni tuzib olamiz", - dedi Dana.
Havola :
Fikrlar