18 may 13:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt minnatdorchilik bildirdi
UFC rahbari Dana Uayt Florida shtati hamda Jeksonvill shahri rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi.
"Barchaga salom! Biz Florida shtatining Jeksonvill shahrida bir hafta ichida uchta turnir o'tkazishga erishdik. Bu kechalarni tashkil etishda yordam bergan Florida gubernatori va Jeksonvill shahri meriga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'taman.
Ular bizni qo'llab-quvvatlashdi. Barcha sharoitlar yaratilib berilganidan xursandman. Bizga ajoyib haftani tashkil etib berganingiz uchun rahmat", - dedi Dana.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar