12 mar 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/209586_220.jpg)
"Dana Uayt oqimga qarshi suzmoqda"
UFC 6 turniri g'olibi Oleg Taktarov sobiq chempion Xabib Nurmagomedovning SHon-shuhrat Zaliga kiritilganiga munosabat bildirdi.
"Men o'z kasbiga sodiq qolgan, ehtimoliy bosimdan cho'chimagan va rusfobiyasiga taslim bo'lmagan UFC prezidenti Dana Uaytni tik turib olqishlayman. U nacizmning hech qanday asoratini ko'rsatmadi va o'sha paytda jamoatchilik fikriga qarshi chiqdi. U oqimga qarshi suzmoqda - bu juda yaxshi.
Men uning bu kabi ishlarini eslolmayman, ammo bunisi hurmatga loyiq. U o'z tashkilotiga egaligini, promoushenda o'z siyosatini yuritishini va jahonda sodir bo'layotgan ishlarga parvo qilmasligini, o'z biznesi va sporti borligini aytdi.
Unda asos bor, u professional. Bu katta qadam va hech qanday sankciyalar uni o'ylantira olmaydi", - deya Taktarovning so'zlarini keltiradi "RBK Sport".
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar