11 jan 13:40
Yangiliklar
Dana Uayt UFC tarixidagi eng buyuk qarama-qarshilik qaysi ekanligini aytdi: bu Xabib - Konor emas!
UFC prezidenti Dana Uayt Jon Jons va Daniel Korme o'rtasidagi raqobatni tashkilot tarixidagi eng buyuk qarama-qarshilik deb atadi.
"SHubhasiz, Jon Jons va Daniel Korme o'rtasidagi qarama-qarshilik — men tashkil qilganlar ichida eng buyugidir. Ularning birinchi janjali MGM Grand mehmonxonasi vestibyulida bo'lib o'tgan. Ha, o'shanda [Deyv] SHoller hammasini buzib qo'ygan edi. Ikki yigitning o'rtasida turganingda eng qiyin jihat — yaxshi surat chiqarish emas, balki ular bir-biriga tegib ketmasligi, hurmatsizlik qilmasligiga ishonch hosil qilishdir. Agar ulardan biri o'zini haqoratlangan deb his qilsa, javob qaytaradi. Va bu paytda sen kim ekaning ular uchun ahamiyatsiz bo'ladi", — dedi Uayt Bloody Elbow portaliga.

Fikrlar