22 noy 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Xasbikning UFC bilan shartnomasi bormi degan savolga javob berdi
UFC promousheni prezidenti Dana Uayt bloger Xasbik (Xasbulla Magomedov) bilan ishlash haqida gapirdi.
Dana Uayt: Bu masalada Xasbullaga murojaat qilishingiz mumkin.
Gudman: Sizning tashkilotingizda uning lavozimi bormi?
Dana: Aslida bor.
Gudman: Qanaqa lavozim?
Dana: Uning biz bilan licenziya shartnomasi bor.
Gudman: Demak, yigitlar, u sizlarni boplagani uchun unga pul to'lashar ekan-da?
Dana: Ha, ha. Bilasanmi, u hamma janglarga kelishni istaydi, ayniqsa, Xabib, Islam yoki Umar jang qilganida. U bu yigitlarning katta muxlisi. SHuning uchun men nafaqat uni ushbu tadbirlarga taklif qilish, balki unga g'amxo'rlik qilish va uning qulayligi haqida qayg'urish imkoniyatiga ega bo'lishni yaxshi ko'raman", - deya Gudman o'zining X ijtimoiy tarmog'ida Uaytning so'zlarini keltirdi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar