26 mar 06:50
Yangiliklar
Futbol
Dani Alvesh qamoqdan chiqdi
Braziliyalik mashhur futbolchi Dani Alvesh qamoqdan chiqdi.
Eslatib o'tamiz, sud zo'rlashda ayblanib, 4,5 yilga qamalgan "Barselona" sobiq himoyachisini 1 mln. evro garov evaziga ozod qilishga rozi bo'lgan edi. Ammo futbolchining pasporti olib qo'yiladi va u har hafta sudda ko'rinish berib turishi lozim. Bugun braziliyalik 1 mln. evro to'ladi.
Alvesh qamoqdan o'z advokati Ines Gvardiola hamrohligida chiqdi. CHiqish eshigi oldida futbolchining ozod bo'lishiga qarshilar turgan edi. Dani jurnalistlarga hech narsa demadi. Oldinroq, Alvesh garov pulini to'lash uchun kredit olmoqchiligi aytilgan edi.
Havola :
Fikrlar