21 iyu 08:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Korme: Nurmagomedov qaytmasa kerak
Ikki vaznda UFC chempioni Daniel Korme do'sti Xabib Nurmagomedov haqida yana bir bor fikr bildirdi.
Bu ikki chempion juda yaqin do'st bo'lib, birgalikda mashg'ulot ham olib borishadi.
"Xabib bu yil hisobidan jang o'tkazadi deb o'ylamayman. Uning qaytishi uchun katta kuch va iroda kerak bo'ladi. Xabib uchun otasi Abdulmanap qanchalik muhim va kerakli inson ekanligini men juda yaxshi bilaman. Bu ularning umumiy sayyohatlari edi. U yana jang qila oladimi? Ochig'i, bilmayman. Qayta olgan taqdirda ham bu uzoq muddatga bo'lmaydi. Balki, avvalgidan ham yorqinroq janglar namoyish etar. SHunday bo'lishi ham mumkin", — dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, 3 iyul kuni uch oy davom etgan xastalikdan so'ng Xabibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov 57 yoshida vafot etgan edi.
Havola :
Fikrlar