So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

31 dek 13:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Daniel Korme UFC jangchilarning gonorarlarini oshirganini aytdi

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni, hozirda dunyoning eng kuchli ligasida sharhlovchilik qilayotgan Daniel Korme aralash yakkakurash ustalari uchun yaxshi yangilikni elon qildi.

Korme UFC’ning Paramount telekompaniyasi bilan etti milliard dollarlik kelishuvi jangchilarning gonorarlari oshishiga olib kelganini, endi ular pullik translyaciyalar sotuvidan foiz ololmasligini takidlamoqda.

"Ular allaqachon ko'proq pul olishmoqda, - dedi Korme. - Men pullik translyaciyalarda bo'lgan janglar bilan solishtirganda ham oldingiga qaraganda ko'proq pul topadigan yigitlarni bilaman. Axir so'nggi paytlarda pullik translyaciyalar avvalgidek yaxshi sotilmayotgandi-da... Men Jon Jons yoki Entoni Jonson bilan jang qilganimda va bizning shouda yana Nik Dias, Neyt Dias bo'lganida, biz pullik translyaciyadan katta pul ishlab olardik. Hozir bunday emas: 500-600 ming sotilgan translyaciyalar katta raqam hisoblanadi... Endi bu kafolatlangan to'lov. Turnirni ochganlar ham, keyingi janglarda ishtirok etganlarning barchasi ham ko'proq pul topadi".

Eslatib o'tamiz, avvallari UFC ko'pincha kompaniya o'z daromadining atigi 16-20 foizini jangchilarga gonorar to'lashga sarflashda ayblanardi. Bu NFL, NHL va NBA kabi boshqa Amerika ligalariga qaraganda ancha kam. Bu erda sportchilarga to'lovlar tashkilot daromadining taxminan 50 foizini tashkil qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing