30 sen 11:02
Yangiliklar

Daniel Korme: "Yan va Sendxagen jangi Sterlingni qutqarib qolyapti"
"Sabrsizlik bilan ushbu jangni kutyapman. Petr Yan - Kori Sendxagen, vaqtinchalik chempionlik uchun - menga bu yoqyapti. Bu Sterling ishtorokidan ham qiziqroq bo'lishi mumkin. Sendxagen Dillashouga juda kichik farq bilan mag'lub bo'ldi. Ishonamanki, hozir Sterling bu jang tashkil qilinganiga juda xursand, sababi Kori Sterlingni Yandan qutqarishi mumkin.
Agar vaqtinchalik chempionlik jangi tashkil qilinmaganda, unda ular shunchaki Sterlingni kamardan maxrum qilishlari ham mumkin edi. Hozir esa, bizda vaqtinchalik chempionlik jangi va uning ortidan birlashtiruvchi jang kutmoqda. Men esa bu janglarni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Daniel Korme.
Eslatib o'tamiz, Petr Yan va Kori Sendxagen o'rtasidagi jang 30 oktyabr kuni UFC 267 doirasida o'tkaziladi.
Fikrlar