So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

07 may 15:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Daniel Roman Murodjon Ahmadaliev bilan revansh, vaznni o'zgartirishi mumkinligi va o'zbek boksi muxlislari haqida gapirdi

Boxer TV kanali blogeri Orif Ahmedov ikkinchi engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Daniel Roman bilan qisqa intervyu tashkil etdi.

Eslatib o'tamiz, Roman shu yil boshida o'zbekistonlik Murodjon Ahmadalievga mag'lub bo'lgandi. 

-Salom Denni, o'zbek boksi muxlislari uchun qisqa intervyu bera olasizmi? Bilaman, bizning muxlislar tomonidan kommentlarda siz tomon bosimlar bo'lgan. Lekin haqiqiy boks muxlislari, ushbu sport turini yaxshi tushunadiganlar sizni juda hurmat qilishadi, shu jumladan men ham. Bizga kelajakdagi rejalaringiz haqida gapirib bera olasizmi? Karantinni qanday o'tkazyapsiz? Boshqa vazn toifalarida ham chempion bo'lish istagingiz bormi?

-Umid qilamanki, barcha yana normal hayotga qaytadi va virus davolanadi. Karantin vaqtida ko'p shug'ullana olmayapman. Oilam va o'zimning xavfsizligimizni o'ylayapman. Imkon darajasida xavfsizlikka rioya qilyapman. Ha rejalarim ko'p, vaznimni balki kelajakda ko'taraman yoki tushiraman. Bu yil virus bilan bog'liq vaziyat qanday bo'lishini ko'rishimiz kerak. 

Murodjon Ahmadalievga qarshi revansh o'tkazishni istardim. O'zim va jamoam uchun qulay bo'lgan imkoniyatlarni ko'rib chiqaman. 

O'zbek boks muxlislarini yaxshi ko'raman. Ular ajoyib va menga bo'lgan mehrlarini ko'rsatishgan. Ular meni qo'llab-quvvatlashgan. 

Balki kelajakda 126 funtda (-57,15 kg) jang qilaman, yoki 118 funt (53,5 kg)ga tusharman", - dedi Daniel Roman. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing