06 fev 11:02
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Daniil Medvedev 92-raketkaga yutqazib qo'ydi
Niderlandiyaning Rotterdam shahrida tennis bo'yicha ATP 500 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
			Kutilmaganda dunyoning ettinchi raketkasi Daniil Medvedev 1/8 finalda ATP reytingida 92-pog'onada borayotgan italiyalik Mattia Belluchchiga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 3/6, 7/6(6), 3/6. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Ikki soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 9, Belluchchi 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Daniil 8 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Uchta breyk-poynt Belluchchiga chorak finalga olib chiqdi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar