08 okt 09:29
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev Astana turniri 1/2 finaliga yo'l oldi
Qozog'istonning Astana shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP 500 turniri o'zining hal qiluvchi bosqichiga chiqdi.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Daniil Medvedev musobaqaning yarim final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik tennis ustasi 1/4 finalda ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga hech qanday imkoniyatni qoldirmadi - 6/1, 6/1. Agut ATP reytingida 21-o'rinni egallab turibdi.
Medvedev o'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanatini qisqartirdi - 2:4. Oltmish olti daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 5 ta eys, 1 ta qo'shxato, 6 ta breyk qayd etdi. Endi Daniil Astana Open 1/2 finalida serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar