14 may 11:21
Yangiliklar

Daniil Medvedev Rim "Masters"dagi ishtirokini yakunladi
ATP reytingida 11-o'rinni egallab turgan Daniil Medvedev to'rtinchi davrada dunyoning to'qqizinchi raketkasi, italiyalik Lorenco Muzettiga 5/7, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi. Lorenco tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida ilk bor g'alaba qozondi - 1:2.
To'qson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 2, Muzetti 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi va uchrashuvda aniq harakat qildi. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 3 ga 1.
Etiborlisi, uchrashuv yomg'ir sabab ikki bor to'xtatildi. Birinchi safar 10 daqiqa, keyingisida esa 3 soatga to'xtab qoldi. Endi Lorenco Internazionali BNL d'Italia keyingi bosqichida musobaqaning amaldagi chempioni, germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar