17 noy 15:30
Yangiliklar
Daniil Medvedev Top-10 tennischilariga qarshi ketma-ket ettinchi o'yinda mag'lub bo'ldi
Turnirning guruh bosqichida Stefanos Cicipasga (3/6, 7/6(11), 6/7(1)) imkoniyatni boy bergan jahonning 5-raketkasi Daniil Medvedev Top-10 tennischilariga qarshi ketma-ket ettinchi uchrashuvida mag'lub bo'ldi. Seriya Australian Open-2022 finalida boshlangandi, unda rossiyalik tennischi Rafael Nadalga qarshi o'yinda 2 setda yutqazgandi.
“Bu mening o'yinim etarli darajada emasligi va o'yinimni kuchaytirishim kerakligini anglatadi.
Psixologik jihatdan Top-10 tennischilari bilan o'ynaymanmi yoki yo'q, menga buni farqi yo'q. Ammo tennisda Top-10 likdagi raqiblarga qarshi o'ynash har doim qiyin. Men ularga qarshi o'yinda yaxshiroq harakat qilishim kerak. Keyingi safar shunday qilaman, chunki boshqa yo'lim yo'q.
Men asabiy emas edim. Bugun shunchaki o'ynashim va yaxshiroq harakat qilishim kerak edi. Yana nima deyishni bilmayman. Men g'alaba qozonishim kerak edi, lekin buni uddasidan chiqolmadim. Keyingi safar yaxshiroq o'ynashim shart ", - deya Medvedevdan iqtibos keltiradi Tennis Majors.
Fikrlar