29 okt 12:19
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev Venada 1/2 finalga chiqdi
Avstriya poytaxti Vena shahrida o'tkazilayotgan nufuzli ATP turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Daniil Medvedev 93 daqiqa davom etgan 1/4 final uchrashuvida ATP reytingining 12-pog'onasida borayotgan italiyalik Yannik Sinnerni 6/4, 6/2 hisobida mag'lub etdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0. Medvedev 6, Sinner esa 4 ta eys zarbasini ijro etgan. Daniilning yarim finaldagi raqibi bolgariyalik Grigor Dimitrov bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar