10 may 12:14
Yangiliklar
Tennis

Daniil Medvedevning Rim "Masters"dagi yurishi boshlandi
Dunyoning 11-raketkasi Italiya poytaxtida o'tkazilayotgan turnirning uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Rossiyalik tennischi ikkinchi bosqichda ATP reytingida 91-pog'onada borayotgan britaniyalik Kemeron Norrini 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0.
To'qson uch daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 4 ta eys, 4 ta breyk qayd etib, 4 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Endi Daniil uchinchi davrada avstraliyalik Aleksey Popiringa qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar