13 fev 16:39
Yangiliklar
Futbol
Darvin Nunes Saudiya Arabistoni chempionati qaydnomasidan chiqarildi
Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes chempionatning qolgan qismida o'ynamaydi.
"Al Hilol"ning italiyalik murabbiyi Simone Inzagi klubga yaqinda qo'shilgan Karim Benzemani ro'yxatga kiritish uchun uni chempionat qaydnomasidan chiqardi. Biroq Nunes Elit OCHL ro'yxatida qoldirilgan.
Eslatib o'tamiz, futbolchi avval Ispaniyaning "Almeriya", Portugaliyaning "Benfika" va Angliyaning "Liverpul" klublarida to'p tepgan. 2019 yildan buyon u milliy terma jamoaga jalb etib kelinmoqda va hozirgacha uning hisobida 13 ta gol bor.
Havola :
Manba : besoccer.com
Fikrlar