10 iyu 08:38
Yangiliklar
Tennis

Darya Kasatkina Queen's Club startidayoq yutqazib qo'ydi
London shahrida tennis bo'yicha maysa qoplamali kortlardagi nufuzli WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Dunyoning 16-raketkasi Darya Kasatkina mukofot jamg'armasi 1 million 415 ming dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
O'tgan oydan Avstraliya sharafini himoya qila boshlagan sobiq rossiyalik tennischi WTA reytingida roppa-rosa 50-o'rinni egallab turgan britaniyalik Sonay Kartalga 1/6, 6/3, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar