03 iyu 13:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore: Men shunchaki taxmin qilmagandim
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC kamari sohibi Dastin Pore Jastin Getji, Toni Fergyuson va Konor Makgregor haqida fikr bildirdi.
“Getji - Fergyuson jangidan bir yarim oy avval Getjining g'alabasini taxmin qilgandim. O'shanda odamlar meni sportni tushunmaydi deb elon qilishdi, lekin o'shanda men shunchaki taxmin qilmagandim. Haqiqatdan ham Getji Toni uchun noqulay raqib edi va buni u oktagonga isbotladi. Getji esa Konorga qarshi jangda qator qiyinchiliklarga uchrashi aniq”,-dedi Dastin Pore.
Eslatib o'tamiz, Toni Fergyuson sakkiz yillik g'alabali seriyasidan so'ng 9 may kuni Jastin Getjiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar