02 sen 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

"Dastin to'rtinchi raundda Xabibni taslim etadi"
UFCning vaqtinchalik chempioni Dastin Porening murabbiyi Fil Daru sportchining Xabib Nurmagomedovga qarshi jangi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hozir Pore MMAdagi eng zo'r sportchilardan biri. Biz uchun rejani to'g'ri tuzish muhimdir. Xabibning kuchli tomonlariga ko'nikishni rejalashtirayotganimiz yo'q. Biz uchun muhimi mushaklarni kuchaytirishdir. CHunki, jangda kurash ko'p bo'ladi.
O'ylaymanki, Pore to'rtinchi raundda Xabibni taslim etadi. U parterdan chiqib keta oladi va Xabibni zarbalari bilan qiynaydi", - dedi Fil Daru.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Pore o'rtasidagi jang 7 sentyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiladi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar