31 jan 15:14
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Davis Cup. O'zbekiston – Bosniya va Gercegovina 1:0. Sultonov jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi
Tennis bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi norasmiy jahon chempionati hisoblangan "Devis kubogi" I jahon guruhi pley-off bosqichidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
			Hozirgina Bosniya va Gercegovinaga qarshi kechayotgan bahsning ilk uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov mehmonlarning ikkinchi raketkasi Mirza Bashichga qarshi murakkab uchrashuv o'tkazdi. Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Humoyun 6/4, 3/6, 7/6(4) hisoblarida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 236, Bashich esa 563-o'rinni egallab turibdi. Birozdan so'ng ikkinchi juftlikda ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin Bosniyaning birinchi raqamli tennischisi, tajribali Damir Jumhurga qarshi bahs olib boradi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar