31 jan 10:31
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Davis Cup. O'zbekiston – Bosniya va Gercegovina. Bugun yakkalikda ikki uchrashuv o'tkaziladi
Bugun tennis bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi norasmiy jahon chempionati hisoblangan "Devis kubogi" I jahon guruhi pley-off bosqichidagi ishtirokini boshlaydi.
			Unda hamyurtlarimiz Bosniya va Gercegovinaga qarshi bahs olib borishadi. Bugun ilk kun dasturidan ikkita yakkalik uchrashuvi o'rin olgan. Dastlab, mamlakatimizning birinchi raketkas Humoyun Sultonov mehmonlarning ikkinchi raketkasi Mirza Bashichga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs soat 13:00 da boshlanadi.

Taqqoslash uchun Sultonov ATP reytingida 236, Bashich esa 563-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi juftlikda ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin Bosniyaning birinchi raqamli tennischisi, tajribali Damir Jumhurga qarshi bahs olib boradi. Bu uchrashuv soat 14:30 dan keyin boshlanadi. Fomin 561-pog'onadan joy olgan bo'lsa, Jumhur dunyoning 88-raketkasi bo'lib turibdi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar