So’nggi yangiliklar

18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0 18:25Умар Нурмагомедов Абу-Дабидаги ҳодисага илк бор изоҳ берди 0 17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0 14:48Диего Симеоне Ла Лигада Луис Арагонеснинг тарихий мураббийлик рекордини янгилади 0 14:17Қозоғистон билан бирга Ҳиндистон ҳам UFC турнирига илк бор мезбонлик қилиши мумкин 0 13:46Ўзбекистон елканли спорт федерацияси World Sailing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 13:13Асу Алмабаев мағлубиятдан кейин: "Ғолиб бўлдим, деб ўйлагандим" 0 12:42U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз Ямайкага қарши баҳс олиб боради 0 12:11Махачев Усман ва Мераб можароси ҳақида: "Бизнинг йигитлар нотўғри иш қилди, деб ҳисобламайман" 0 11:40Тошкент Жаҳон чемпионатини юқори савияда ўтказди 0

27 jan 09:37
Yangiliklar

Tennis

Davis Cup. Raqibimiz Bosniya va Gercogovinaning Toshkentga keladigan tarkibi malum

Tennis bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi norasmiy Jahon chempionati hisoblangan "Devis Kubogi"dagi navbatdagi o'yinini Bosniya va Gercegovinaga qarshi o'tkazadi.

Avvalroq, I Jahon guruhi uchun pley-off bosqichi doirasida o'tkaziladigan bahsda terma jamoamiz sharafini himoya qiladigan tennischilarimiz tarkibi aniq bo'lgandi. Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Maksim SHin va Rahimbek Ibrohimov Bosniyaga qarshi bahs olib borish imkoniyatiga ega bo'lishgandi. 

O'z o'rnida Bosniya va Gercegoviniya terma jamoasi murabbiyi ham Toshkentga keladigan tarkibni oshkor qildi. Raqiblarimizning birinchi raketkasi tajribali Damir Jumhur. U o'z vaqtida dunyoning 23-raketkasi bo'lgan, ayni paytda ATP reytingida 82-o'rinni egallab turibdi. Nerman Fatich 395, Mirza Basich 562, Andrey Nedich esa 618-pog'onadan joy olgan.    

Malumot uchun, O'zbekiston - Bosniya va Gercegoviniya uchrashuvi 31 yanvar - 1 fevral kunlari poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi yopiq kortlarida tashkil etiladi. Ilk kungi uchrashuvlar soat 13:00da, 1 fevraldagisi esa 11:00 da boshlanadi.

Jamoalar shu kungacha o'zaro o'yin o'tkazishmagan. Bosniya va Gercegovina terma jamoasi so'nggi uchrashuvini o'tgan yilning sentyabrida I Jahon guruhi doirasida Xitoy Taypeyiga qarshi o'tkazib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing