So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

28 sen 17:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Davron Fayziev Mahmud Muradovning UFCdagi debyuti, raqib va boshqa mavzular haqida fikr bildirdi

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev Mahmud Muradovning bugungi jangi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun Mahmud Muradov UFCda debyut qiladi. Bugun aslida ikkita debyut bo'ladi. Birinchisi albatta Mahmud uchun. Ikkinchisi esa Kopengagen shahri uchun bo'ladi. Bungacha Daniya poytaxti xech qachon UFC turnirlarini qabul qilmagan. 

Jangning Evropada bo'layotgani Mahmud uchun yaxshi. Sababi u bungacha MMAdagi janglarini asosan Evropada o'tkazgan. To'g'ri, avvalgi bahslarini ko'proq CHexiyada olib borgan. Lekin, Kopengagenga ancha yaqin. Adaptaciya borasida ham qiyinchilik u qadar bo'lmaydi. Bu Amerikaga borib birdaniga kuchli raqib, yangi muhit, boshqa ob-havo bilan to'qnashgandan ko'ra yaxshiroq. Hozirgi vaziyatda esa bu omillar unga qulaylik tug'dirishi kerak. 

MMA bu MMA. UFC esa ushbu sportdagi eng yuqori liga. Ammo, qoidalar va oktagon o'sha-o'sha. Mahmud UFCda debyut qilayotgani bilan MMAda juda tajribali jangchi hisoblanadi. Unga afsonaviy Floyd Meyvezer ishonch bildirdi, shu orqali Muradov omma etiboriga tushdi. Endi u eng kuchli ligada kuchli jangchi ekanligini isbotlashi lozim. 

Mahmud bundan oldin Vendel de Oliveyra bilan jang qilgandi, u UFCning sobiq jangchisi. Hamyurtimiz Vendel ustidan ishonchli g'alabaga erishdi. Murodovda 11 ta g'alabadan iborat seriya ketmoqda. Katta jangchilar MMAda 1-2 marotaba yutqazib qo'ysalar ham, g'alabali seriyaga tushib olishadi. Masalan, Toni Fergyuson faoliyatining boshida yutqazgan. Keyin esa umuman yutqazmadi. Mahmud ham faoliyatidagi 22 ta g'alabaning 15 tasini nokaut bilan qo'lga kiritgan. U yorqin jang qilishni yaxshi ko'radi. SHuning uchun ham UFC u bilan shartnoma imzoladi. UFC birorta sportchini shunchaki rekordi uchun chaqirmaydi. Qandaydir o'ziga tortadigan jihatlari bo'lishi lozim. 

Alessio di CHiriko haqida gapirsam, bungacha uni biroz o'rganib chiqdim. Promoushen bilan shartnoma imzolaganiga hali ko'p vaqt bo'lmadi, 3 yil bo'ldi. Tashkilotda 6 ta jang o'tkazib, 3 tasida g'alaba qozondi. Oxirgi yutqazgan jangida hakamlarga etiroz bo'lgan. CHunki jang teng bo'lgan, ochkolar bo'yicha yutqazgan. Bungacha Tom Briz bilan jang qilishi lozim edi, ammo di CHirikoning jarohati sabab bahs bekor qilingan ekan. Endi Mahmudga qarshi jang qiladi. U UFC bilan shartnoma xato emasligini isbotlashi lozim. U Meyvezer tavsiya qilgan Mahmudni mag'lub etib, UFCga munosib ekanligini ko'rsatmoqchi. 

Mahmud uchun muvaffaqiyatli debyut muhim. Agar u omadli kelsa 1-2 ta jang o'tkazib, reytingda TOP-15ga davogarlik qilsa bo'ladi va o'sha darajadagi raqiblar bilan jang qilishi mumkin bo'ladi. Bugungi bahsda hamyurtimizga omad tilaymz. CHiroyli g'alabaga erishsin va tashkilot rahbari Dana Uaytni ishontira olsin", - dedi Davron Fayziev Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda.

Reyting: +6   

Fikrlar

   
29 sen 09:50:57
Rare boy
Qarsakdan bowqa iw qilolmiymiz gap yoq
   
28 sen 19:42:29
Muhammadali Abdullayev
Yaxshi fikrlar bo'ldi
   
28 sen 17:20:49
NODIR_BEK
Doimgidek ideal fikrlar.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing