So’nggi yangiliklar

11:42"Гладиатор" Парижда жанг қилади 0 11:21Усман Нурмагомедов кейинги жанги қачон бўлишини айтди 0 11:00UzChess Cup. Абдусатторов асосий рақибларидан бирини ютди, Синдаровда ҳам ғалаба, 7-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:39Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан”ни енгиб, гуруҳ ғолиб сифатида плей-оффга чиқди 0 10:18Икки теннисчимиз Қайсеридаги юришини ғалаба билан бошлади 0 09:57Ямайкалик енгил атлетикачилар оммавий равишда Туркия сафига ўтишяпти 0 09:36Усик ва Дюбуа мутлақ чемпионлик жанги орқали қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 09:15Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди 0 08:54Нафақага чиққан Жонс янги иш бошлади 0 08:33Мексика мустақиллигига бағишланган Noche UFC турнирининг асосий жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:02"Ким бундай қилган?" Теренс Кроуфорд P4P рейтингидаги ўрнидан норози 0 18:39Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди 0 18:17"Ва-банкка бораман". Топурия Оливейрани қандай қилиб финиш қилмоқчи эканлигини айтди 0 17:51TUF 33 шоусида Фурқатбек Ёқубовни мағлуб этган Алиби Идрис ҳамюртимизга мурожаат қилди + ВИДЕО 0 17:30Топурия Оливейрани биринчи раундда нокаут қилмоқчи бўлмоқда. Чарльз эса бунга муносабат билдирди 0

12 iyu 16:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Davron Fayziev Meyvezer - MakGregor jangi haqida: "Boshlandi! Birinchi rekord"

Boshlandi! Kecha birinchi matbuot anjumani va birinchi rekord. Jang rasman elon qilingandan keyin birinchi marta yuzma-yuz uchrashishdi.


Internetda onlayn translyaciya rekordi urildi. Yana bir necha press-konferenciya bo'lib o'tadi. Ulardan biri Londondagi "Uembli" stadionida. SHunchaki tasavvur qiling, PRESS-KONFERENCIYAni tomosha kilish uchun internetga sotuvga chiqarilgan biletlar 2 MINUTDA SOTILDI! STADIONGA! Bu faqat press-konferenciyaga. Jangga chiqarilgan biletlar rasmiy narxi 90.000 dollargacha. CHunki, bunaqa voqea sport tarixida bo'lmagan. Ikki bir biriga raqobatchi yo'nalish - professional boks va MMAning mutloq birinchi raqamlari uchrashishadi. Ikkalasi o'z yo'nalishida janglar orkali qo'lga kiritilgan mablag'lar va translyaciyalar sotuvi bo'yicha rekordchilar hisoblanishadi. Konor MakGregorga qoyil qolish kerak. U sher bo'la turib, akulaning hududiga o'tib kurashadi. Jang to'liqligicha boks qoidalari bo'yicha o'tkaziladi. Rasman Konor professional bokschi sifatida ringga chiqadi. SHu sababli, boks olami bir ovozdan Konorning ringdagi hayotini 1 raunddan iborat deb tahmin qildi. Manimcha, shoshmaslik kerak. UFC oktagoni bu sportning eng og'ir hududi. U erda rostdanam insonning jismoniy imkoniyatlari yo'l qo'yadigan maksimum darajadagi atletlar kurashadi. U erdan sog' chiqib ketishning o'zi bir katta natija. Ana usha hududdan Number one, Qirol unvoni bilan kelayotgan jangchini jiddiy qabul qilmaslik bu katta xato. To'g'ri, Konor favorit emas, bunga qo'shilaman. U anderdog bo'lib keladi. Meyvezer favorit, u mashina. Floyd Meyvezerning faoliyatini tahminan 15 yildan beri kuzataman va birorta jangini o'tkazib yubormaganman. SHu vaqt ichida u yutqazish uyoqda tursin, hatto tizzasini erga tekkizmagan, biror marta gandiraylamagan. Eng zo'rlar bilan uchrashgan. Bunga u shubhasiz, noyob talant va og'ir mehnat bilan erishgan. Yana bir tomoni, u ximoya qiroli. Reakciya va tana harakati bilan raqiblar hujumini yo'qqa chiqaradi. Zarbani ko'tara oladiyam. Lekin, yoshi... Kecha konferenciyada o'zi tan oldi - "10 yil oldingi, 5 yil oldingi va hatto 2 yil oldingi Floydmasman, lekin Konorni nokautga uchratish uchun shuning o'zi etadi". Bu kechagi gaplarning eng kamtaronasi. Bir necha citata keltiraman.



FLOYD: - U etti xonali songa loyiq jangchi (pul, summa ichidagi rakamlar soni nazarda tutilgan), xop mayli, u sakkiz xonali songa arziydi. Lekin, u o'tgan jangida atigi 3 million ishladi. Mening mashg'ulot lagerimning narxi bu.

21 yildan beri rakiblar menga karshi chikadi va buzilib ketadi.

U Mister "Tapout". (MMAda uslub ishlatilganda yutkazganini tan oladigan)

Sumkamni olib kel, mana 100.000.000 dollarlik chek.

KONOR: - Bu solik idoralari uchunmi?))

KONOR: - Floyd kichik, tanasi, oyoqlari, boshi, xammasi kichik. Uni uzog'i 4-raundda nokautga uchrataman. SHunchaki eslab koling.

U hamma raqiblari bilan bekinmachok uynagan. Boks qoidalari bu xaqiqiy jangning yarmi, yo'q, hatto choragi. Haqiqiy jangmas. Haqiqiy jang o'tkazsak birinchi raunddan uyog'iga o'ta olmaydi.

U 20 yildan beri xech kimni toza nokautga uchrata olmagan.

U matbuot anjumaniga sport formasida kelibdi, hozirda tuzukrok kostyum olishgayam puli yuk...



SHunaqa gaplar bo'ldi, Ayrimlarini yozdim. Aytgancha, Konor o'sha kuni 50.000 dollarga buyurtma berilgan kostyumda keldi. Mayda chiziqli kostyumga agar yaxshilab qaralsa, xar bir chizig'i bu juda mayda yozuvlar bilan tushirilgan "F**k you" so'zlari edi. Floydga atalgan. Provokaciyaning eng yuqori darajasi. Bu endi birinchi press-tur. Boshlanishi. Birinchi tresh-bahsda Konor ustunlik kildi. Lekin, jang bu tresh-toking emas. 26 avgust kuni Las Vegasda sport tarixidagi eng katta voqealardan biri bo'ladi. Uning qiziqarli tomoni, natija nima bo'lishini umuman tasavvur etib bulmaydi. CHunki bunaqasi bo'lmagan. Yaqin yillar ichida bo'lmasayam kerak. Yarim milliard dollar byudjetga ega jang. Mutloq rekord o'rnatgan Floyd Meyvezer - Menni Pakiao jangi PPV ko'rsatkichlariyam ortda qolib ketishi hozirdanoq aniq. Bunaqa super-iventlarning bir jihati zo'r. Hali janggacha ancha vaqt bo'lsayam mana shunday prevyu va turlar orqali ana shu vaqt davomida o'sha jang kayfiyatini his qilasiz. Xar bir yangilik, video, xabarni katta qiziqish bilan kuzatib borasiz. SHahsan man bu jangda bitta narsani kutaman. Ikkalasi o'z mashg'ulot lagerida to'satdan sirpanib, yiqilib tushmasligi, vazn tashlashda mazasi qochib qolmasligi, sparingda qo'li lat emasligi va shu 26 avgust kuniga eson omon etib olib, gong chalinib shu jang boshlanishini!

Davron Fayziev

Reyting: +1   

Fikrlar

   
13 iyu 15:26:17
I will Chempion
26 avgust
   
12 iyu 21:57:03
Rasulbek...1998
Jang sanasi qachon edi?
   
12 iyu 20:05:53
A7
Ohirida to'g'ri gap , bo'libdi , bu kuchli qiziqish uchun jang bo'layotgani yo'q , bu biznessga aylanib ketti maqsad pul . Bilib bo'lmaydi ertaga vazn tashlash yoki nimadur kasal, yoki jarohat bahona qilinib jang qoldirilishi mumkin
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing