29 avg 19:15
Yangiliklar
Boks/MMA

De La Xoyya: “Alvares va Golovkin jangi 2017 yilda o'tkaziladi”
Golden Boy promouterlik kompaniyasi rahbari Oskar De La Xoyyaning aytishicha, boks olami kutayotgan Golovkin-Kanelo jangi kelasi yili o'tkaziladi.
“Bu jangni kutishga ko'p vaqt qolmadi. Katta ehtimol bilan 2017 yilda o'tkaziladi. Ayni paytda eng katta va shu bilan birga eng ko'p kutilayotgan jang ham aynan shu. Hozirdanoq bu jangning qanday holatda kechishini tasavvur qilyapman”, - deydi Oskar.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin 10 sentyabr kuni Kell Bruk bilan to'qnash keladi. Saul “Kanelo” Alvares esa 17 sentyabrda Liam Smitga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar