So’nggi yangiliklar

13:38Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари кечаги баҳсдаги ҳаракатларига неча баҳо олишди? 0 13:07Пэдди Пимблетт октагонга қайтиш муддатини маълум қилди 0 12:36Тошкентда кикбоксинг бўйича Жаҳон кубоги ўтказилмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 12:05Чимаев, Царукян, Нурмагомедов жанг қиладиган RAF турнирининг тўлиқ таркиби тасдиқланди 0 11:34Винисиус узоқ муддатга дисквалификация қилингани ҳақида гапирди 0 11:03Тўлиқ таркибда қатнашган юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 10:32Артур Бетербиев қизиқарли янгиликлар ваъда қилди 0 10:01"Бу йигитларни қўллаб-қувватлаш керак". Пейж UFC’даги паст гонорарлар бўйича танқидга қўшилди 0 09:30Месси ва Суареснинг узатмалари "Интер Майами"га "Нью-Йорк Сити"ни мағлуб этишга ёрдам берди 0 08:59Жалолов рингга чиқадиган оқшомда 121 та мағлубияти бор боксчи жанг қилади 0 08:28Алекс Перейра Пауло Коста нима учун Магомед Анкалаевни мағлуб этишини тушунтирди 0 07:57"Янга қарши иккинчи жангнинг бошидаёқ ғалаба қозона олмаслигимни тушуниб етдим" - Двалишвили 0 07:26ЕЧЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган учрашувда ПСЖ "Манчестер Сити"ни таслим этди + ВИДЕО 0 19:30Вирал сурат ортидаги Мерьем: Туркия волейболининг 20 ёшли гўзали бутун дунёни ўзига қаратмоқда 0 19:05Умматалиев Бивол билан машғулот ўтказмоқда (ВИДЕО) 0

30 mar 10:42
Yangiliklar

Boks/MMA

De La Xoyya Ortisning faoliyatini barbod qilishda menejerni aybladi

Taniqli promouter Oskar De La Xoyya bokschi Virjil Ortisning barcha muammolari uning menejeri Rik Mirijian bilan bog'liq ekaniga ishonchi komil.

SHu yil boshida Ortis De La Xoyyaning Golden Boy promouterlik kompaniyasi bilan shartnomani bekor qilish talabi bilan sudga murojaat qilgandi. Argumentlardan biri promouterning translyaciya shartnomasi yo'qligi edi, ammo yaqinda Golden Boy va DAZN yangi uzoq muddatli shartnomani elon qildi.

Sud esa Ortisga Golden Boy bilan shartnomasi bo'yicha hakamlik jarayoni yakunlanmaguncha uchinchi shaxslar bilan jang o'tkazish bo'yicha shartnomalar imzolashni taqiqladi va bu har qanday sud kabi cho'zilib ketishi mumkin.

"Bu ilon uchun hammasi axlatga aylandi, - dedi De La Xoyya ijtimoiy tarmoqdagi videoda Mirijiana haqida. - Nevada sudi Virjilni jangsiz qoldirganidan bir necha hafta o'tgach, biz DAZN bilan hamkorlikni uzaytirganimizni elon qildik. Endi u adashganini tushunib etdi".

De La Xoyyaning so'zlariga ko'ra, endi u sud qarorini kutmoqchi va Mirijian bilan boshqa ishlamaydi.

"Rik to'satdan menga qayta qo'ng'iroq qilib, ishlarni to'g'rilashni so'rab, xabarlar yog'dira boshladi, - deya qo'shib qo'ydi De La Xoyya. - Ablah, sen bokschimni shartnomani bekor qilish uchun meni sudga berishga ko'ndirgan eding. Hozir Virjilning martabasi sening ochko'z maslahatlaring tufayli barbod bo'ldi. Kelishmoq vaqti o'tdi. Sen meni ko'mmoqchi bo'lding, lekin o'zingni ham, Virjinni ham dog'da qoldirding. Hozir seni faqat huquqshunoslardan dahshatli hisob-kitoblar kutmoqda. Men endi hech qachon Rik Mirijian bilan ishlamayman va bokschilar ehtiyot bo'lishlari kerak".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing