28 mar 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA
De La Xoyya "The Ring" jurnalini Turkiga sotib yuborganidan afsusda
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Oskar De La Xoyya mashhur "The Ring" jurnalini Saudiya Arabistoni vakillariga sotib yuborganidan afsusdaligini aytdi.
"Men xech qachon, xech narsadan afsus qilmaganman, lekin aynan shu narsadan afsuslanaman. "The Ring" jurnali meniki bo'lganida uning nufuzi va principlarini ushlab turardim... Keyin esa Turki paydo bo'ldi. Men jurnalni sport haqida qayg'uradigan insonga sotayotganimga ishongandim. U principlarni himoya qilishi kerak edi. Ammo ko'rinishidan, men xato qildim.
"The Ring" jurnali reytinglari hozir xech qanday ahamiyatga ega emas deb hisoblayman. Unda endi adolat yo'q. "The Ring" kamari ham deyarli 100 yil mobaynida ahamiyatli bo'lgandi. Endi esa buni axlatga tashab yuborsa ham bo'ladi. Bugungi kunda u xech qanday ahamiyatga ega emas", - dedi De La Xoyya.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani
Fikrlar