09 dek 12:26
Yangiliklar
Tennis

De Minaur Yakuniy UTS turniri chempioni, u 919 000 dollar ishlab oldi
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi Aleks De Minaur Yakuniy UTS turniri g'olibiga aylandi.
Ushbu ko'rgazmali maqomdagi turnirga uch kun davomida Buyuk Britaniyaning London shahri mezbonlik qildi. Ultimate Tennis Showdown Grand Final bosh sovrini uchun avstraliyalik tennischi daniyalik Xolger Runega qarshi kortga chiqdi va g'alaba qozondi - 3:0 (13:8, 14:11, 16:10).
SHu tariqa, 25 yoshli De Minaur turnirda bironta uchrashuvni boy bermagan holatda bosh sovrin bilan birga 921,800 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar