27 iyu 12:58
Yangiliklar

Dena Uayt CHimaevni 15 avgust kungi UFC 252 turnirida ko'rmoqchi. U bunga vada berdi
Uayt CHimaev uchun 15 avgust kuni AQSHda o'tkaziladigan UFC 252 turnirida jang tashkil qilib bermoqchi. UFC rahbari bunga vada berdi.
"Dena Uayt bilan gaplashdim. U Xamzat CHimaevga alohida qobiliyatga ega jangchi sifatida baho berdi. Uayt 15 avgust kuni o'tkaziladigan UFC 252 turnirida CHimaevni ko'rmoqchi. Dena bunga vada berdi", — deya o'zining Tvitter sahifasida xabar berdi Yahoo Sports jurnalisti Kevin Ayol.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev kecha o'tkazilgan UFC Fight Island 3 turniri doirasida britaniyalik Ris Makkini birinchi raundning o'zidayoq mag'lubiyatga uchratgandi. Xamzat 16 iyul kungi UFC turnirida o'zining debyut jangini o'tkazgan va o'shanda Jon Fillipsni taslim etgandi. Bu bilan CHimaev 10 kun ichida ikkita jangda oktagonga ko'tarilgan ilk UFC jangchisiga aylangan edi.
Fikrlar