22 avg 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Derevyanchenko Golovkinga qarshi jangi uchun dahshatli summa oladi
O'rta vazn toifasida IBF kamariga rasmiy davogar Sergey Derevyanchenko sobiq chempion Gennadiy Golovkinga qarshi jangi uchun rekord darajadagi summaga ega bo'ladi.
Malumotlarga qaraganda, ukrainalik bokschi Gennadiy Golovkinga qarshi jangi uchun besh million dollarga boyib oladi. Bu Sergeyning avvalgi rekord summasidan o'n barobar ko'p degani.
Eslatib o'tamiz, Derevyanchenko va Golovkin o'rtasidagi chempionlik jangi 5 oktyabr kuni Nyu-York shahridagi “Madison Square Garden” arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar