06 mar 09:01
Yangiliklar

Devis kubogi. Bosniyaga mag'lub bo'lgan O'zbekiston terma jamoasining keyingi raqibi malum!
Tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi fevral oyi boshida I Jahon guruhi pley-off bosqichida Bosniya va Gercegovinani qabul qilib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Bu mag'lubiyatdan keyin jamoamiz yana II Jahon guruhiga qaytdi.
Qura natijasiga ko'ra, tennischilarimizning navbatdagi raqibi Gonkong terma jamoasi bo'ladi. O'yinlar sentyabr oyida raqib maydonida tashkil etiladi. Hozircha turnirga qaysi majmua va qanday turdagi kortlar mezbonlik qilishi, aniq sana hamda vaqt nomalum.
Jamoalar shu kungacha o'zaro o'yin o'tkazmagan. Gonkong terma jamoasi so'nggi o'yinini fevral oyida II Jahon guruhi pley-off bosqichi doirasida Namibiyaga qarshi o'tkazib, 3:2 hisobida g'olib bo'lgan edi.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi "Devis kubogi" reytingida ayni damda 265,5 ochkoga ega bo'lgan holda 45-o'rinni egallab turibdi. Gonkong esa reytingda 55-o'ringa joylashgan.
Fikrlar