21 noy 08:25
Yangiliklar
Tennis
Devis Kubogi. Ispaniya 1/2 finalda!
Ispaniya terma jamoasi erkaklar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Marsel Granolers va Pedro Martines Portero juftligi CHexiya terma jamoasi tennischilari Tomash Maxach hamda Yakub Menshikni qiyinchilik bilan tay-breklarda mag'lub etdi - 7/6(8), 7/6(8).
Ikki soatu besh daqiqa davom etgan bahsda Granolers/Portero 4, Maxach/Menshik juftligi 9 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tomon ham bittadan breykdan unumli foydalangan. Ispaniya terma jamoasi CHexiyani umumiy 2:1 hisobida mag'lub etib, 1/2 finalga yo'l oldi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar