03 sen 07:32
Yangiliklar

Devis kubogi: Tennischilarimizning Gongkongga qarshi o'yin uchun tarkibi malum
O'zbekiston tennis federaciyasi matbuot xizmati tennis bo'yicha erkaklar jamoalari o'rtasidagi Devis kubogi musobaqasidagi keyingi o'yinimiz bo'yicha malumot berdi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi Gongkongga qarshi o'yin o'tkazadi. Uchrashuvlar Victoria Park Tennis Stadium kortlarida (tomoshabinlar sig'imi — 3600) bo'lib o'tadi. Mazkur stadion ilgari ATP va WTA darajasidagi yirik musobaqalarga mezbonlik qilgan. Qoplama turi — qattiq, o'yinlar ochiq havoda, kunduzgi yorug'likda, zarurat tug'ilganda esa suniy yoritish ostida o'tkaziladi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Jamoa sardori — Denis Istomin
murabbiy — Pyotr Lebed
tennischilar — Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Maksim SHin, Amir Milushev, Abdulaziz Usmonjonov va Damir Abdusamadov.
Birinchi kungi o'yinlar 13 sentyabr mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da, ikkinchi kungi bahslar esa 14 sentyabr soat 11:00 da boshlanadi.
Fikrlar