30 iyu 18:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Dias - Masvidal revansh jangi o'tkaziladimi? UFC rahbari javob berdi
Ko'pchilikni UFC jangchilari - Xorxe Masvidal va Neyt Dias o'rtasida revansh jangi o'tkaziladimi degan savol qiziqtiryapti.
UFC prezidenti Dena Uayt bu savolga javob berdi. Uayt ushbu jangdan ko'ra Xorxe Masvidal (35-14) va Robert Uittaker (21-5) o'rtasidagi to'qnashuvni tashkil etish qiziqroq bo'lishini takidladi.
“O'ylashimcha, ayni paytda Masvidal – Dias jangini o'tkazishdan mantiq yo'q. Bir oy ichida o'tkaziladigan janglarning rivojiga qarab Masvidalning keyingi raqibini aniqlab olamiz. Xorxe bu yil jang qilmasligini aytgan. Besh-olti oy ichida ko'p narsa o'zgarib ketadi. Uittakerning keyingi jangi? Bizda raqib sifatida Kannonir bor. Balki, Kannonir – Uittaker jangini tashkil qilarmiz? Bu jang g'olibi Adesanya – Kosta bahsi g'olibi ioae to'qnash keladi”, – dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar